Moliya olami
UZ

MOLIYA OLAMI

"Moliya olami" - bu kundalik hayotda moliyaviy savodxonlik asoslari haqida oddiy va sodda ravishda tushuntirib beradigan interaktiv ta'lim beruvchi onlayn loyiha.

Siz o‘z xarajatlaringizni to‘g‘ri rejalashtirishni va pulni samarali tejashni o‘rganasiz, yakunda esa sizni yoqimli sovg‘a kutmoqda.

Platforma O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ko’magida raqamli to’lovlar bo’yicha jahonda yetakchi Visa kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Moliya olamiga sayohatingizni hoziroq boshlang!

MOLIYA OLAMI

"Moliya olami" - bu kundalik hayotda moliyaviy savodxonlik asoslari haqida oddiy va sodda ravishda tushuntirib beradigan interaktiv ta'lim beruvchi onlayn loyiha.

Siz o‘z xarajatlaringizni to‘g‘ri rejalashtirishni va pulni samarali tejashni o‘rganasiz, yakunda esa sizni yoqimli sovg‘a kutmoqda.

Platforma O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ko’magida raqamli to’lovlar bo’yicha jahonda yetakchi Visa kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Moliya olamiga sayohatingizni hoziroq boshlang!

Bilimlar
mamlakati —

asosiy tushunchalar, bank
kartalari, kreditlar va depozitlar.

Chiqimlar
mamlakati —

bu erda siz qizil rangda qolmaslik
uchun qanday sarflashni o'rganasiz.

Omonatlar
mamlakati —

Bu erda siz qanday qilib to'g'ri tejash
va investitsiya qilishni o'rganasiz.

Biznes
mamlakati —

bu yerda siz o'z biznesingizni ochishni
o'rganasiz va buzg'unchilikka uchramaysiz.

Agar sizda hali bank kartasi bo‘lmasa, bankni tanlang va hisob oching bankni tanlang va hisob oching
Bank
Sizning taraqqiyotingiz:
Birinchi bekat — bu bank!

Bank — bu mablag‘ga ega insonlar bilan pulga muhtojlar o‘rtasida vositachi hisoblanadi.

Tijorat banklari tufayli mamlakat iqtisodiyoti rivojlanmoqda – ular davlatni aholi va tadbirkorlik subyektlarining jamg‘armalarini taqsimlash orqali zarur moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlamoqda. Aynan shu vositachilik iqtisodni rivojlantiradi.

Bankda siz:
-

omonatga pul qo‘yishingiz va undan foiz olishingiz mumkin;

-

to‘lovlarni to‘lashingiz va pul o‘tkazmalarini amalga oshirishingiz mumkin;

-

har qanday narsani sotib olish uchun kredit olishingiz mumkin;

-

naqd pulsiz to‘lovlar uchun bank kartasini olishingiz mumkin.

Bank kartasi
Sizning taraqqiyotingiz:
Tanishing - bu bank kartasi!

Shunday qilib, siz bank haqida ma’lumotga ega bo‘ldingiz, endi bank kartasi bilan tanishamiz.

Uning yordamida siz tovar va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishingiz, omonatlaringizni to’ldirishingiz, kartadan kartaga pul o‘tkazishingiz va bankomatdan naqd pul yechib olishingiz mumkin.

Bank kartasidan foydalanishning afzalliklari:
-

24/7 hisobga kirish imkoniyati;

-

amaliy qulaylik;

-

xavfsizlik;

-

keshbek.

Bank kartasining turli xillari mavjud - o‘zingizga mosini tanlang!

Debet karta

Bank hisob raqami bilan bog‘liq, ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqalar va boshqalarni hisob raqamga tushirib berish uchun foydalaniladi.

Korporativ karta

Xodimlar tomonidan tashkilot uchun xaridlarni va to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.

Kredit karta

Bank hisobidan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish kartasi.

Milliy va xalqaro karta

Mamlakat ichida tranzaksiyalar uchun Uzcard, Humo milliy to‘lov tizimiga ega kartalar va xalqaro tranzaksiyalar uchun - Visa, Mastercard va boshqa dunyo bo‘ylab ishlovchi kartalar.

Bank kartasini olish uchun qayerga va qanday usulda murojaat qilish kerak?
Sizning taraqqiyotingiz:
Endi siz kartalar haqida hamma ma’lumotni bilganingizdan so‘ng, o‘zingiznining kartangizni ochish vaqti keldi!
Siz bank kartasini quyidagi manzillar orqali olishingiz mumkin:
-

Bank filialida.

-

Bankning mobil ilovasida.

-

Bank veb-saytidagi maxsus blankalar orqali.

-

Telegram bot orqali.

Sizning taraqqiyotingiz:

Voy-buy! Siz ketma-ket 3 ball to'pladingiz.

Boshlanishi ajoyib!

davom etmoq
davom etmoq
Onlayn bank
Sizning taraqqiyotingiz:
Mobil bank - telefoningizdagi bank

Qoyil! Endi siz bank kartasini qanday ochishni bilasiz. Endi biz mobil bank - bank xizmatlaridan foydalanishning zamonaviy usuli haqida ma’lumot beramiz.

Mobil bank - bu bank ilovasi bo‘lib, uning yordamida siz:
-

bank kartalaridagi hisoblaringiz holatini kuzatishingiz;

-

kartadan kartaga pul o‘tkazishingiz;

-

kommunal to‘lovlarni, mobil aloqa, internet, televizor uchun to‘lovlarni komissiyasiz to‘lashingiz;

-

xalqaro to‘lovlarni amalga oshirishingiz va valyutalarni konversiya qilishingiz — bir valyutani boshqa valyutaga almashtirishingiz;

-

kreditlar olishingiz va ularni to‘lashingiz, omonatlarni to‘ldirishingiz;

-

jarimalarni to‘lashingiz;

-

bank kartasini bloklashingiz va blokdan chiqarishingiz;

-

bank kartasidagi depozitlar bo‘yicha foizlarni olishingiz mumkin.

Mobil bankni qanday ulashingiz mumkin?
-

Bank filialiga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, identifikatsiya kartasi va boshqalar) bilan keling va kerakli hujjatlarni to‘ldiring.

-

Bank ilovasini Google Play yoki App Store orqali telefoningizga yuklab oling.

Kartadagi pulni qanday himoya qilish mumkin?
Sizning taraqqiyotingiz:
Pulingizni himoya qilish uchun asosiy qoidalar

Firibgarlar sizga tegishli pullarni o‘zlashitirishning doimo yangi va yangi usullarini qidiradilar. Ammo Internet jinoyatchilarining tuzog‘iga tushmaslikning ko‘plab yo‘llari va texnologiyalari mavjud.

Kartadagi mablag’laringizni himoy qilish bo’yicha 4 ta oddiy qoidalar:
-

Parol va kodlaringizni hech kimga bermang;

-

Ma'lumotlarni qayta tekshiring;

-

Kartangizga sms-xabarnoma xizmatini ulang;

-

Xavfsiz saytlardan foydalaning*.

* Xavfsiz saytlar https:// bilan boshlanadi va manzil satrining oxirida yopiq qulf ko‘rinishidagi belgi mavjud bo'ladi.
Sug‘urta
Sizning taraqqiyotingiz:
O‘zingiz va oilangizni qanday himoya qilishingiz mumkin?

Siz pulingizni firibgarlardan himoya qilish usullarini o‘rgandingiz. Keling endi, siz va sizning jamg‘armalaringizni kutilmagan vaziyatlardan qanday sug‘urtalashni ko‘rib chiqaylik.

Sug‘urta bu mulk, sog‘liq, hayot, biznes va boshqa qiymat yoki xavfga ega sohalarni moliyaviy himoya qilish

Sug‘urta majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin.
Sug‘urtaning qanday turlari mavjud?
-

Avtotransport vositalari sug‘urtasi;

-

Tibbiy sug‘urta;

-

Yuklarni sug‘urtalash;

-

Ipoteka sug‘urtasi;

-

Mulkni sug‘urtalash va boshqalar.

Moliyaviy maqsadlar
Sizning taraqqiyotingiz:
O‘z xarajatlar va daromadlaringizni rejalashtirishni o‘rganing

Bilimlar mamlakatida siz moliya asoslari haqida bilim oldingiz, endi esa biz sizga pulni to‘g‘ri sarflash san’atini o‘rgatamiz.

Avvalo, zarur mablag’ga ega bo’lish uchun siz o‘z oldingizga moliyaviy maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yishingiz hamda o‘z xarajat va daromadlaringizni mohirona rejalashtirishingiz kerak.

Moliyaviy maqsad — bu pul bilan erishish mumkin bo‘lgan har qanday orzu. Moliyaviy maqsad - bilim olish va ta'lim, mashina, kvartira sotib olish yoki sayohat bo‘lishi mumkin.
Moliyaviy maqsad quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:
-

miqdor va muddat jihatdan realistik;

-

aniq;

-

qimmatli va haqiqatan ham muhim.

Misol uchun, siz 2025 yilgacha 4 yil davomida universitetda o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirishni rejalashtirmoqdasiz. Buning uchun siz har oyda ajratilishi kerak bo‘lgan xarajatlarni, mavjud resurslarni va summani hisoblashingiz kerak.

Oila byudjeti
Sizning taraqqiyotingiz:

Moliyaviy maqsadlar qo‘yildi! Keling, nafaqat o‘zimizning xarajatlarimizni, balki barcha oila a'zolarimiz xarajatlarini ham kuzatib borish va tahlil qilishni o‘rganamiz.

Oila byudjeti o‘zi nima? Bu ma'lum bir muddat davomida barcha oila a'zolarining imkoniyatlarini ko‘rsatadigan daromadlar, xarajatlar va jamg‘armalarining umumiy rejasi.

Nima uchun oila byudjetini nazorat qilish kerak?
Ortiqcha xarajatlarni kamaytirish uchun

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, xarajatlar va daromadlarni hisobini olmaydigan odamlar ko‘pincha daromadlaridan ko‘proq pul sarflashadi.

Maqsadlarga erishishga yordam bo’lishi uchun

Sizda tayyor moliyaviy reja bo‘ladi va siz maqsadlaringizga erishishni nazorat qila olasiz.

Moliyaviy savodxonlik va intizomni oshirish uchun

Vaqt o‘tishi bilan, siz rejaga qat'iy rioya qilishni va xarajatlaringizni daromadingizdan oshirmaslikni o‘rganasiz.

Onlayn to‘lovlar
Sizning taraqqiyotingiz:
Pulni qanday qilib onlayn to‘g‘ri sarflash mumkin

Xo‘sh, moliyaviy maqsadlar qo‘yildi, oilaviy byudjet nazorat ostida! Keling endi, onlayn usulda qanday qilib oqilona va xavfsiz pul sarflash mumkinligini aniqlaylik.

Onlayn to‘lov nima va u qanday ishlaydi?

Onlayn to‘lovlar — bu internetda yoki mobil ilova orqali naqd pulsiz xaridlardir. Sizga kerak bo‘lgan yagona narsa — kartangizda yoki bank hisobingizda pul bo‘lishi.

Onlayn to‘lovning o‘ziga xos xususiyatlari:
Xizmatlar va mahsulotlarning keng assortimenti

Bir necha tugmalarni bosish orqali yangi ryukzak buyurtma qilishingiz, sartarosh qabuliga yozilishingiz, mobil raqamingiz hisobini to‘ldirishingiz hamda soliq va jarimalarni to‘lashingiz mumkin.

Eng yaxshi takliflar

Sizga kerak bo‘lgan narsani o‘zingiz tanlaysiz. Masalan, siz samolyot chiptalarini arzon narxda va qulay vaqtda sotib olasiz. Chiptalar esa sizga elektron pochta orqali yuboriladi.

Vaqtni tejash

Kommunal to‘lovlarni to‘lash uchun do‘kon yoki pochta bo‘limiga borish uchun vaqtni behuda sarflashning hojati yo‘q.

Kreditlar
Sizning taraqqiyotingiz:
Biror nima juda zarur bo‘lsa-yu sotib olish uchun pulingiz bo‘lmasa, kredit sizga yordam beradi

Endi siz onlayn to‘lovlar nima ekanligini va uning qulayligi nimada ekanligini bilasiz. Ammo mahsulot sotib olish yoki xizmat uchun to‘lashga pul yetarli bo‘lmasa-chi?

Bunday holatda bank kredit xizmatlari bilan yordamga keladi.

Siz bankdan kredit olishingiz mumkin:
-

ma'lum bir muddatga;

-

kreditni qaytarish jadvali asosida;

-

muayyan maqsad uchun;

-

kredit to‘lovlarini qoplash qobiliyatingizga qarab.

-

garovga qo‘yib;

Odatda quyidagi holatlarda kreditlar beriladi:
-

uskunalar sotib olish, ta'mirlash, davolash;

-

tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

-

uy-joy sotib olish;

-

mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun.

-

qisqa muddatga kichik miqdorda mikroqarz/mikrokredit;

Mikroqarz
Sizning taraqqiyotingiz:
Mikroqarz nima va uni qanday olish mumkin?

Agar ish haqi tushishiga bir necha kun qolgan bo‘lsa va siz kredit olishni istamasangiz, mikroqarz orqali oson va tez pul olishingiz mumkin.

Mikroqarzlar — banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan faqat jismoniy shaxslarga qisqa muddatga va istalgan maqsad uchun beriladigan kichik miqdordagi kreditlardir.

-

Mikroqarz miqdori individual ravishda, daromad, kredit tarixi va hokazolardan kelib chiqib hisoblanadi.

-

Foizlar faqat amalda foydalanilgan mablag‘ uchun undiriladi.

-

Miqdori 50 million so‘mdan oshmasligi kerak.

-

Milliy valyutada, naqd pul yoki bank kartaga tushirib beriladi.

Mikroqarzni qanday olish mumkin?
1

Bank yoki mikrokredit tashkilotini tanlang.

2

Ariza, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar hamda faoliyatingiz va daromadingiz haqidagi ma’lumotlarni taqdim eting.

Sizning taraqqiyotingiz:

Yo’lning yarmidasiz!

To'xtamang, chunki oldingizda yana 2 ta qiziqarli davlat bor.

olg’a yurishga davom etish
olg’a yurishga davom etish
Qanday qilib pulni tejab, hayotdan zavqlanib yashash mumkin?
Sizning taraqqiyotingiz:

Biz pul sarflashni o‘rgandik, endi tejashni o‘rganamiz! Omonatlar mamlakatida siz nafaqat pulni tejash, balki byudjetni saqlagan holda, o‘z hayotingizdan zavqlanib yashashni ham o‘rganasiz.

Bunda sizga bir necha oddiy qoidalar yordam beradi!
-

Barcha kundalik daromad va xarajatlaringizni yozing

Bu usulda, siz nimaga sarflayotganingizni aniq tushunasiz.

-

Xarid qilish lozim bo‘lgan narsalar ro‘yxatini tuzing va unga rioya qiling

Bu sizni impulsiv va keraksiz xaridlardan qutqaradi.

-

Ta'tilingizni oldindan rejalashtiring

Oldindan rejalashtirish orqali siz turni yaxshiroq narxda va chiptalarni yaxshi chegirma bilan sotib olishingiz mumkin.

-

Kommunal xarajatlaringizni minimallashtiring

Energiyani tejaydigan lampalardan foydalaning; foydalanmayotganda yorug‘likni, suvni, gazni o‘chiring; ortiqcha to‘lamaslik uchun hisoblagichlarni o‘rnating.

-

Kundalik ovqatlanishingizni rejalashtiring

Qo‘shimcha ovqatlarga va tez tayyor bo‘ladigan ovqatlarga pul sarflamaslik uchun agar vaqtingiz bo‘lsa, uyda o‘zingiz ovqat pishirishga harakat qiling.

-

Kiyimlarni onlayn do‘konlardan xarid qiling

Bu sizga pulni tejash imkonini beradi, chunki do‘kon egalari binolarni ijaraga olgani sababli katta ustama narx qo‘yadilar.

Ko‘rsatma
Moliyaviy zaxira
Sizning taraqqiyotingiz:

Moliyaviy zaxira nima va u sizga nima uchun kerak?

Moliyaviy zaxira moliyaviy xavfsizlik yostig‘i deb ham ataladi. Bu sizning byudjetingizni himoya qilish uchun zarur va 6-12 oylik xarajatlar miqdorida shakllantiriladi.

Moliyaviy zaxira bilan siz kutilmagan vaziyatlarda normal kundalik hayot kechirishingiz mumkin bo‘ladi.

Moliyaviy zaxira uchun pulni qanday saqlash kerak?
Uyda saqlash

Ijobiy tomoni – kerak bo‘lganda qo‘lingiz ostida, kamchiliklari esa, xavfsizlik ta'minlanmaganligi, shuning uchun seyf sotib olish zaruriyati mavjudligi.

Onlayn depozit

Pulni saqlashning foydali usuli: naqd pul bilan bankka borish shart emas va istalgan vaqtda bank ilovasi orqali pul mablag‘larini yechib olishingiz mumkin.

Naqd pulni bank qutisida saqlash

Bu sizning bankdagi shaxsiy seyfingiz bo‘lib, siz pulingizni saqlash uchun xaq to‘laysiz. Yacheykaga pul qo‘yish uchun siz bankga kelishingiz kerak.

Bir necha turdagi diversifikatsiya

Zaxira mablag‘larining bir qismi uyda saqlanadi, bir qismi esa onlayn depozitda. Kutilmagan vaziyatlarda sizning moliyaviy xavfsizlik yostig‘ingiz naqd va naqd pulsiz shaklda bo‘ladi.

Depozitlar (omonatlar)
Sizning taraqqiyotingiz:
Depozitlar jamg‘armalaringizni oshirish usuli sifatida

Pulingizni tejash va hatto undan pul ishlash usullaridan biri bu bank depoziti yoki omonat ochishdir.
Qanday turdagi depozitlar (omonatlar) mavjud?
Istalgan vaqtda pulingizni olishingiz mumkin bo‘lgan omonatlar

Siz istalgan vaqtda pulingizni yechib olishingiz mumkin.

Muddatli omonatlar

Ma'lum belgilangan muddatga, masalan, 3, 6, 9 oy, bir yil yoki undan ko‘proqqa beriladi.

Omonat depozitlari

Muayyan maqsad (avtomobil yoki kravtira xaridi, o‘qish uchun to‘lov) uchun pulni saqlash va jamg‘arish maqsadida foydalaniladi. Bunda bankka ma'lum muddatga omonat mablag‘i qo‘yib, to‘ldirib borish mumkin.

Depozitning (omonatning) afzalligi nimada?

Muddatli va jamg‘arma omonatlari pul mablag‘laringizni tejash va ko‘paytirishning ishonchli usuli hisoblanadi.
Siz pulni bankka berasiz va u sizga buning uchun foiz to‘laydi.

Ko‘rsatma
Qanday qilib foydali depozit ochish mumkin?
Sizning taraqqiyotingiz:

Endi siz bankda qanday depozit ochish va yanglishmaslik haqida hamma narsani bilasiz.

Qanday qilib foydali depozit ochish mumkin?
-

Barcha tijorat banklarining omonatlarini solishtiring

Bank veb-saytida siz barcha banklardagi foiz stavkalari, omonat muddatlari va shartlari bilan tanishishingiz mumkin.

-

Pulni qaysi valyutada qo‘yishingizni hal qiling

Banklar milliy va xorijiy omonatlarni qabul qiladi.

-

Pul investitsiya qilishning qulay usulini tanlang

Naqd — bankka tashrif buyurish orqali va naqdsiz — mobil bank ilovasi yoki bank kartasi bilan.

-

O‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarni olib keling

Pasport, ID karta, yangi haydovchilik guvohnomasi yoki harbiy guvohnoma.

-

Shartnoma va boshqa hujjatlarni diqqat bilan o‘qing

Biror hujjatni imzolashdan oldin uning mazmunini diqqat bilan o‘qing.

Moliyaviy rejalashtirish dasturlari
Sizning taraqqiyotingiz:
Moliyaviy rejalashtirish ilovalari

Pulni osongina boshqarish, kuzatish va tejash uchun oilaviy va shaxsiy byudjetlarni rejalashtirishga mo'ljallangan qulay ilovalar mavjud.

-

Debit & Credit – moliya hisobi.

-

MoneyWiz – shaxsiy moliyaviy hisob.

-

Uyda buxgalteriya hisobi Lite.

-

CoinKeeper – boylik yo‘lidagi birinchi qadam.

Ilovalarga muqobil variant

Agar siz uchun moliyaviy holatingizni nazorat qilish yangilik bo‘lsa, oilaviy byudjetni tayyor shablonlari bo‘lgan oddiy Excel elektron jadvalida yuritishga harakat qiling.

Buning uchun quyidagilarni bajarishingiz kerak bo‘ladi:
-

“Fayl” → “Yaratish” menyusiga o‘ting.

-

"Yaratish" tugmasini bosing.

-

Tayyor shablondan birini tanlang: namunaviy oilaviy byudjet, oilaviy byudjet, oddiy harajatlar byudjeti, shaxsiy byudjet va boshqalar.

-

Byudjetingizni yuriting.

Moliyaviy savodxonlik veb-saytida siz oilaviy byudjetni yuritish uchun tayyor shablonga ega faylni topishingiz va yuklab olishingiz mumkin.

Sizning taraqqiyotingiz:

Xayr! Qiziqarli sayohatingizning ¾ qismi ortda qoldi!

Faqat 1 ta davlat qoldi.

QANI KETDIK!
QANI KETDIK!
Tadbirkorlikni nimadan boshlash kerak
Sizning taraqqiyotingiz:

Biznes boshlash — ko‘pchilikning orzusidir. Ammo orzular va kuchli istaklar yetarli emas. Siz biznes egasi bo‘lishga tayyormisiz va g‘oyangiz muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkinmi yoki yo‘qligini tushunish uchun kompaniyani ochish, moliyalashtirish, boshqarish va marketing bosqichlarini aniq bilishingiz kerak.

Muvaffaqiyatga erishish uchun nima kerak?
-

Bozorga mos va zarur mahsulot

-

Moliyaviy bilim

-

Mahsulot bozorga mos

-

Ish jarayonlarini to‘g‘ri tuzish sizga biznes faoliyatini optimallashtirishga, vaqtni tejashga va xatolardan qochishga yordam beradi.

-

Jamoaviy ishlash — muvaffaqiyat kalitidir, shuning uchun siz kompaniyangizning qadriyatlarini baham ko‘radigan malakali xodimlarni yollashingiz kerak.

-

Maqsadli reklama

-

Yaxshi ishlab chiqilgan biznes-reja

-

Mijozlarning sodiqligi

Ko‘rsatma
Biznes boshlash haqida ko‘proq Ma'lumotlar SQB Visadan olingan
Biznes-reja
Sizning taraqqiyotingiz:
Biznes-reja tuzing

Har qanday biznes puxta ishlangan biznes-rejadan boshlanadi. Bu o'z g‘oyangizni amalga oshirishda batafsil rejalashtirishga yordam beradi va shaxsan o'zingizga, biznes hamkorlarga, potensial investorlar yoki kreditorlarga kerak bo‘ladi.

Biznes-reja quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
-

Mahsulot/xizmatning batafsil tavsifi;

-

Raqobatchilarning barcha guruhlari va potensial xaridorlarning xususiyatlari tavsiflangan bozor tahlili.

Biznes-rejada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
-

Loyihani ishga tushirish uchun qancha mablag‘ talab qilinishi;

-

Loyiha qachon o‘zini o‘zi ta'minlashga erishishi;

-

Investitsiya qilingan mablag‘larni qancha vaqtdan keyin qaytarish mumkinligi;

-

Qanday foyda kutish mumkinligi haqida ma’lumotlar.

Biznes-rejani yaratish uchun siz Visa amaliy biznes ko‘nikmalari platformasining tayyor shablonidan foydalanishingiz mumkin.

Biznes-reja uchun shablon ochish Ma'lumotlar SQB Visadan olingan
Investitsiyalarni jalb qilish
Sizning taraqqiyotingiz:
Investitsiya jalb qilishni o‘ylab ko‘ring

Har qanday biznesga naqd pul kiritish kerak. Keling, investitsiyalarni qanday qilib samarali jalb qilishni ko‘rib chiqamiz.

Buni turli yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin:
-

O‘z kapitalingizni baholang

Agar sizda hech bo‘lmaganda kichik, ammo o‘z kapitalingiz bo‘lsagina, biznes boshlashga arziydi. Shundagina, siz rivojlanishning birinchi oylarida ish yuritishingiz mumkin.

-

Davlat yordamiga murojaat qiling

Agar sizning biznesingiz shu hudud yoki butun mamlakat aholisi uchun muhim bo‘lsa, u holda davlat sizga subsidiyalar, kafolatlar, kafillik, imtiyozli moliyalashtirish va kompensatsiyalar bilan yordam berishi mumkin.

-

Investorlarni jalb qiling

Xususiy investorlar ba’zan yangi biznesni moliyalashtiradi. Agar sizda noyob g‘oya yoki startap bo‘lsa, turli dasturlar va tanlovlarni ko‘rib chiqishingiz mumkin.

Investitsiyalarni jalb qilish haqida ko‘proq Ma'lumotlar SQB Visadan olingan
Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish
Sizning taraqqiyotingiz:
Biznesingizni ro‘yxatdan o‘tkazing

Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish — muhim va zarur qadamdir. Siz biznesingizni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) yoki yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin.

O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs xususiy qo‘shimcha dars berish yoki kichik hunarmandchilik, tarjima xizmatlari, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash va hokazolar uchun mos keladi.

YaTT kichik biznesga ega bo‘lganlar uchun to‘g‘ri keladi - masalan, kichik do‘kon yoki ishlab chiqarish.

Yuridik shaxs — bu o‘zingiz yoki hamkorlar bilan birgalikda ochishingiz mumkin bo‘lgan korxona. Katta aylanmali biznesni rejalashtirayotganlar va bank o‘tkazmasi orqali katta miqdorda pul o‘tkazadiganlar uchun to‘g‘ri keladi.

Ko‘rsatma
Bank sizning yordamchingiz
Sizning taraqqiyotingiz:

Tadbirkorlik yo‘lida siz bank yordamiga muhtojsiz. Nimadan boshlash haqida bosqichma-bosqich ko‘rsatmalarni saqlang.

-

Bankni tanlang.

-

Hisob raqami oching.

-

Internet/mobil bankni o‘rnating.

-

Korporativ karta oching.

-

Chek kitobchasini oling.

-

Ish haqi bo‘yicha bank kartalarini ro‘yxatdan o‘tkazing.

SOLIQqa tortish
Sizning taraqqiyotingiz:
Soliqqa tortish shaklini tanlang

Soliq to‘lovi 12 oy davomida tovarlar yoki xizmatlarning pul aylanmasiga bog‘liq:
100 million so‘mgacha

— yagona soliq yoki deklaratsiya topshirish yo‘li bilan daromad solig‘i;

1 milliard so‘mgacha

— aylanma solig‘i (har bir daromaddan 4 foiz) yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i va daromad solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lash;

1 mlrd so‘mdan ortiq

— 15% QQS va daromad solig‘i.

Aylanma muddati kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab hisoblanadi.
Biznesni targ‘ib qilish
Sizning taraqqiyotingiz:
Biznesingizni targ‘ib qiling

Sizning mahsulotingiz yoki xizmatingiz qanchalik yaxshi bo‘lmasin, potensial xaridorlar bu haqda bilmasa, biznesingiz muvaffaqiyatli bo‘lmaydi.

Yaxshiyamki, hatto chegaralangan byudjetda ham mijozlarni jalb qilishning ko‘plab usullari mavjud.

-

Biznesingizni internet orqali reklama qiling

Oddiy va tushunarli veb-sayt yarating, uni barcha kerakli ma'lumotlar va tovarlar yoki xizmatlar ko‘rgazmasi bilan to‘ldiring.

-

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalaning

Bu kam byudjetli, lekin ayni paytda iste'molchi bilan muloqot qilishning samarali usuli.

-

Takliflar qiling

Maxsus takliflar, aksiyalar, chegirmalar va bonuslar sotuv darajasini oshirish va mijozlar bilan bog‘lanishning yana bir usuli hisoblanadi.

Biznesni targ‘ib qilish haqida ko‘proq Ma'lumotlar SQB Visadan olingan
Biznesingizni raqamli ko‘rinishga o‘tkazishingiz uchun bir nechta sabab:
Sizning taraqqiyotingiz:
Biznesingizni raqamli ko‘rinishga o‘tkazing

Tovar yoki xizmatlarni onlayn sotish biznesingizni rivojlantirish, yangi mijozlarni jalb qilish va mavjudlarini saqlab qolish uchun ajoyib g‘oyadir.

Biznes uchun raqamli ko‘rinish:
Onlayn savdo

Mahsulot yoki xizmatlaringizni onlayn: veb-sayt, savdo platformasi yoki ikkalasi orqali sotishni boshlang.

Raqamli to‘lovlar

Kredit va debet kartalari, mobil hamyonlar, QR kodlari va kontaktsiz to‘lovlar bilan to‘lash uchun raqamli to‘lovlarni sozlang.

Sizning biznesingizni raqamli ko‘rinishga o‘tkazishingiz uchun bir nechta sabablar:
-

Foydalanish oson bo‘lgan biznes

Mijozlaringiz sizning do‘koningizga yoki ofisingizga jismoniy tashrif buyurmasdan sizdan mahsulot va xizmatlarni sotib olishi mumkin, bu esa biznesingizni yanada kengroq auditoriya uchun ochiq qiladi.

-

Mijozlaringiz uchun qulayroq xarid qilish tajribasi

Mijozlar shaxsan xarid qilishdan oldin mahsulotlaringizni onlayn tarzda osongina ko‘rib chiqishlari mumkin.

-

Kamroq xarajat

Onlayn savdo sizning xarajatlaringizni kamaytirishi mumkin, chunki siz unda chakana savdo maydonchasi uchun ijara to‘lashingiz shart emas.

Raqamli ko‘rinish haqida ko‘proq Ma'lumotlar SQB Visadan olingan
Ko‘rsatma
Keraksiz xarajatlarni tejashga yoki qisqartirishga qaror qildingizmi?
-

Har bir daromadingizning kamida 10-15 foizini omonatga ajrating.

-

Qaysi maqsadda tejashni boshlashga qaror qilganingizni aniq belgilang va keraksiz mahsulotni sotib olmoqchi bo‘lganingizda buni o‘zingizga eslating.

-

Xarajatlarni oldindan rejalashtiring — oy davomida sarflashingiz lozim bo‘lgan miqdorni aniqlang va kunlik xarajatlaringizni hisoblang.

Ko‘rsatma
Nima uchun depozitlar (omonatlar) qulay va foydali?
-

Ochish uchun minimal miqdor;

-

Moliyaviy xavfsizlik yostig‘i;

-

Masofadan boshqarish usullari;

-

Passiv daromad;

-

Likvidlik.

Ko‘rsatma
Tadbirkor qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak?
-

Pulni boshqarish qobiliyati.

-

G‘oyaning kuchli va zaif tomonlarini tushunish.

-

Qat'iylik.

-

Muvaffaqiyatsizlikka tayyorlik.

-

Kreativ fikrlash.

-

Samarali odamlarni yollash qobiliyati.

Ko‘rsatma
Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishning ikki yo‘li mavjud:
-

Davlat soliq qo‘mitasining mobil ilovasi orqali

O‘z o‘zini band qilgan shaxs/tadbirkorlar (jismoniy shaxslar) uchun.

-

Viloyat davlat xizmatlari markaziga (“Yagona darcha” markazi) shaxsiy murojaat orqali yoki internet portali (fo.birdarcha.uz) orqali.

Jismoniy shaxslar uchun - yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar uchun - xususiy korxona, oilaviy korxona, mas'uliyati cheklangan jamiyat.

Sizning taraqqiyotingiz:

Siz yangi

iPhone 13 Pro

yutib oldingiz!

Sovg‘a oling!
x
aldash!
Hech qachon bunday xabarlarni ochmang va maʼlumotlaringizni kiritmang! Bu firibgarlarning hiylasi, sichqon uchun bepul pishloq esa faqat qopqonda bo‘ladi.
Foydali investitsiya!
Bir marta $100 investitsiya qilib, $800 dan ko‘proq sof daromad olishni o‘rganing.
100$ sarmoya kiriting
x
aldash!
Hech qachon tasdiqlanmagan tashkilotlarga pul yubormang! Taklif qanchalik jozibali ko‘rinmasin, firibgarlar sizdan faqat bitta narsani - pulingizni undirishni xohlashadi.
Sizning maslahatchingix, Anton
Sizning kartangizdan pul 8600 5206 0000 0000 karta egasiga o‘tkazildi.
Pulni qaytarish uchun havolaga o‘ting
x
aldash!
Hech qachon shubhali havolalarni bosmang!
Kartangizdagi barcha tegishli ma'lumotlarni faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank orqali yoki mobil ilovadan oling.

Kartangizda 10 daqiqada 20 million so‘m!

Pulni qanday olish bo‘yicha ko‘rsatmalar - Telegram kanalida.

Telegram kanalga o'tish
x
aldash!
Hech qachon bunday "foydali" takliflarga ishonmang va shubhali havolalarga kirmang!
Firibgarlar kerakli narsa - bu faqatgina sizning pullaringiz.

Yaxshi bajardingiz!

Siz aldanmaysiz. Shunday davom eting!

Test
Sizning taraqqiyotingiz:

Siz maqsadga erishdingiz! Endi hammasi qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lganini bilmoqchimisiz?

Siz maqsadga erishdingiz! Endi hammasi qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lganini bilmoqchimisiz?

Unda testdan o‘ting, bilimingizni tekshiring va buning uchun bizdan yoqimli sovg‘a oling

Testga o‘ting
Testga o‘ting
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Bankda qanday operatsiyalarni amalga oshirishingiz mumkin?
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Qaysi karta bank hisobidan operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi?
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Hisobingizdan qachon pul yechib olishingiz mumkin?
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Sug‘urta nima?
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Pulingizni qanday qilib to‘g‘ri himoya qilish mumkin?
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy maqsad emas?
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Oilaviy budjet nima?
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Kreditlarning qanday turlari bor? To‘g‘ri ro‘yxatni tanlang
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Mikroqarz - bu:
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Mikroqarz bo‘yicha foizlar qanday hisoblanadi?
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Qanday qilib pulni tejash mumkin? To‘g‘ri ko‘rsatmalarni tanlang:
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Moliyaviy zahira yana qanday ataladi:
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Moliyaviy zaxira odatda qancha hajmda shakllanadi?
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Siz zahira mablag‘larining bir qismini uyda, bir qismini esa onlayn depozitda saqlashga qaror qildingiz. Ushbu turdagi saqlash qanday nomlanadi:
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Depozit (omonat) nima?
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Ushbu variantlardan qaysi biri sizga muvaffaqiyatli tadbirkorlik yo‘lida yordam beradi?
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Tadbirkor quyidagi sifatlarning qaysi biriga ega bo‘lishi zarur emas?
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Noto‘g‘ri javobni belgilang. Davlat yordamini olish uchun sizning investitsiya loyihangiz:
Test
Sizning taraqqiyotingiz:
Quyidagilardan qaysi biri biznes uchun bank tanlashda e'tiborga olinishi shart EMAS?
Test
O‘z biznesingizni qanday yo‘llar bilan targ‘ib qila olasiz?
Natija
Sizning taraqqiyotingiz:

Diplom oling

Siz moliyaviy savodxonlikning asosiy bilimlari haqidagi ma'lumotlarni mukammal o'zlashtirdingiz va testdan muvaffaqiyatli o'tdingiz. Har qanday mashg'ulotdan keyin bo'lgani kabi, biz sizga diplom berishni xohlaymiz!

Shaxsiy diplom uchun ismingizni kiriting:

Natija

Shuningdek, biz qilgan ishingiz uchun sizni kichik sovg'a bilan mukofotlamoqchimiz.

Uni olish uchun havolani bosing va Visa Concierge chatbot-da tezkor ro'yxatdan o'ting.

Sovg'ani qabul qiling:
Telegram
Viber
Natija
Sizning taraqqiyotingiz:

Shunday davom eting!

Siz moliyaviy savodxonlikning asosiy bilimlari haqidagi ma'lumotlarni mukammal o'zlashtirdingiz va testdan muvaffaqiyatli o'tdingiz. Har qanday mashg'ulotdan keyin bo'lgani kabi, biz sizga diplom berishni xohlaymiz!

Shaxsiy diplom uchun ismingizni kiriting:

Bundan tashqari, biz sizni kichik sovg'a bilan bajargan ishingiz uchun mukofotlashni xohlaymiz.

Uni olish uchun havolaga o'ting va Visa Concierge chatbotida tezkor ro'yxatdan o'ting.

Sovg'ani qabul qiling:
Telegram
Viber
Natija
Sizning taraqqiyotingiz:

Biz ishonamizki, siz bundan yaxshiroq javob bera olasiz!

Ma'lumotlarni qayta o‘qib chiqishga harakat qiling va yana testdan o‘ting. Ishonchimiz komilki, siz ajoyib natijaga erishasiz!

Yana testdan o'ting
Yana testdan o'ting
Sizning taraqqiyotingiz: