Moliya olami
UZ

Loyiha haqida

Nega biz bu loyihani yaratdik?

Moliya sohasi murakkab ko‘rinishi mumkin. Har kuni yangi texnologiyalar, yechimlar, mahsulotlar paydo bo‘ladi va ular bilan birga - yangi atamalar. Ammo zamonaviy iqtisodiyot va texnologiya dunyosida moliya sohasi kundalik hayotning muhim tarkibiy qismidir. Shuning uchun, siz yangilikdan qo‘rqishingiz kerak emas, aksincha buni tushunib olish yaxshiroqdir.

Raqamli toʻlovlar boʻyicha jahon yetakchisi sifatida Visa har bir Oʻzbekiston fuqarosiga, eng yosh foydalanuvchilardan tortib, keksa avlodgacha moliya olamini oʻzlashtirishga yordam berishga qaror qildi. "Moliya dunyosi" sizga tezda foydali ma'lumotlarni topishga, foydali bilimlarni olishga va uni hayotingizda qo‘llashni boshlashga yordam beradi.

Loyiha vazifas

O‘zbekiston aholisiga zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda moliyaviy savodxonlik sohasidagi bilimlarini oshirish va pul mablag‘larini samarali boshqarishda yordam berish.

"Moliya olami"
bo‘ylab sayohat

Platforma bir nechta bloklarga bo‘lingan: ularning har biri alohida bo‘lim - pul bilan o‘zaro aloqa turlaridan biriga bag‘ishlangan interaktiv "mamlakat".

"Bilimlar mamlakati"

Bu yerda siz asosiy moliyaviy tushunchalarni o‘zlashtira olasiz va bank kartalari qanday ishlashini, depozitlar va kreditlar nima ekanligini, qanday asosiy bank mahsulotlaridan xabardor bo‘lishingiz kerakligini bilib olasiz. Shuningdek, ushbu mamlakatda siz Internetda to‘lovlaringiz va moliyaviy amaliyotlaringizni qanday himoya qilish haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

"Chiqimlar mamlakati"

Bu yerda siz byudjetni qanday nazorat qilish, moliyaviy maqsadlarni belgilash, qanday turdagi kreditlar mavjudligi va moliyaviy salomatlik haqida yangi bilimlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Bo‘limning asosiy g‘oyasi - xarajatlarni to‘g‘ri rejalashtirish, nazorat qilish va minusda qolmaslik.

"Omonatlar mamlakati"

U sizga qanday qilib samarali va xavfsiz jamg‘arma yaratish, pulni tejash, bank depozitini qanday ochish va maqsadlaringizga mos keladigan omonatni tanlashni o‘rgatadi.

"Biznes mamlakati"

Siz bu yerda biznesni qanday boshlash, Internet texnologiyalari va onlayn savdo biznesni rivojlantirish va kengaytirishga qanday yordam berishi haqida qimmatli bilimlarni topasiz.

"Bonuslar mamlakati"

U sizga bank mahsulotlari va raqamli to‘lovlardan foydalanganda moliyaviy sayohatingizda yoqimli hamroh bo‘ladigan aksiyalar va bonuslar haqida aytib beradi.

Sayohat qilish
uchun nima kerak?

Barcha bo‘limlar interaktivdir, shuning uchun har bir mamlakat xaritasida raqamlar bilan ko‘rsatilgan bandlarni bosing, turli mavzularda to‘plangan foydali ma'lumotlarni oling, so‘ngra testlardan o‘ting va bilimingizni tekshiring.

Kristina Dorosh

prezident o‘rinbosari, Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi Visa mintaqaviy boshqaruvchisi:

“Visa kompaniyasining ustuvor yoʻnalishlaridan biri butun dunyo boʻylab odamlar va biznes uchun moliyaviy xizmatlar va mahsulotlardan teng foydalanishni taʼminlashdir. Shunday ekan, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish mamlakat va jamiyat iqtisodiyoti rivojlanishining muhim qismidir.

O‘zbekistonda naqd pulsiz amaliyotlar tobora ommalashib borayotganini ko‘rishdan mamnunmiz. Birgina Visa maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 4-choragida 2020-yilning shu davriga nisbatan Oʻzbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmi 2 barobardan koʻproq, naqd pulsiz amaliyotlar soni esa 2,5 barobarga oshgan.

Biz texnologiyalarimiz va mahsulotlarimiz jamiyat farovonligini oshirishi, tadbirkorlik rivojiga hissa qo‘shishiga intilamiz. Shu bois O‘zbekiston Markaziy banki ko‘magida Visa kompaniyasi ushbu “Moliya olami” interaktiv ta’lim loyihasini ishlab chiqdi. Uning maqsadi O‘zbekiston aholisiga o‘z moliyasini boshqarish bo‘yicha amaliy bilim olishga yordam berish, bank mahsulotlari, xizmatlari va raqamli to‘lovlar haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish hamda pulni to‘g‘ri tejashni o‘rgatishdan iborat.

Shunday ekan, bizning interaktiv “Moliya olamimiz”ga xush kelibsiz.

Dilbar Abdug'aniyeva

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliyaviy savodxonlik departamenti direktori:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy savodxonlikni oshirish borasidagi faoliyatida raqamli muhitning faol rivojlanishi davrida iste’molchilarning moddiy farovonligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Raqamli gigienani oshirish ham zamonaviy jamiyatdagi asosiy tendentsiyalardan biridir. Raqamli moliyaviy xizmatlar va mahsulotlar bugungi kunda shunchaki vositalar emas, balki butunlay yangi imkoniyatlarni ochadigan to'liq muhitdir.

"Moliya olami" ta'lim loyihasi - bu o'rganish va o'tish oson bo'lgan interaktiv ta'lim vositasi. Shaharlar bo'ylab sayohat qilish har doim firibgarlik xavfi mavjud bo'lgan raqamli dunyoda kundalik xarajatlar va hisob-kitoblar, jamg'arma va biznesni boshlash, kreditlash va qarz olish sohalarida moliyaviy savodxonlik ko'nikmalaringizni oshirishga imkon beradi.

Barchangizga qiziqarli sayohat tilaymiz!

Agar sizda hali bank kartasi bo‘lmasa, bankni tanlang va hisob oching bankni tanlang va hisob oching